O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

Calendar image Calendar image
Qabul qilingan sana 24.09.2021
Document image Document image
Hujjat raqami 606-son
Bank image Bank image
Muassasa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

  “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son Farmoniga muvofiq fuqarolarning ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
  1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2022-yil 1-maydan boshlab kuchga kiritilsin:
  oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari xususiyatidan kelib chiqib, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni oliy ta’lim muassasalarida mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim shakllarida tashkil etish;
  ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlarini belgilash, o‘qishga kirish uchun belgilangan muddatlarda maxsus elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tish;
  ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda o‘quv jarayonini tashkil etish, shu jumladan, o‘qish davomiyligini tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilash;
  ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejasi va fan dasturlarini tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan kelishilgan holda kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib alohida ishlab chiqish va tasdiqlash.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
  3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov zimmasiga yuklansin.

Toshkent sh.,
2021-yil 24-sentabr,
606-son
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Platformaga kirish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun quyidagilardan biri orqali saytga kiring