Xorij tajribasi
⚡️KVOTA–2025
Ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlarining taqsimlanishi Ayrim bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining (tillar, maxsus pedagogika, sport, sanʼat va boshqa) oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqib, ularning soha ixtisoslashuviga koʻra taqsimlangan qabul parametrlari.
Beshta yo‘nalish tanlash majburiymi?
JAVOB: yo‘q, beshta yo‘nalish tanlash shart emas. Bu haqda shaxsiy kabinet orqali yo‘nalish tanlayotganda ham ogohlantirish berilgan. Tanlovda ishtirok etish uchun abituriyent albatta kamida bitta yo‘nalish tanlashi shart. Lekin keyingi yo‘nalishlarni tanlash ixtiyoriy. Abituriyentlar istasa ikkita, istasa to‘rtta yo‘nalish tanlaydi. Bunga cheklov yo‘q. Aynan beshta tanlashi shart, degan qoida yo‘q.